Sayt test rejimida ishlamoqda!
O‘rganishlar davom etmoqda
  • Yangiliklar
  • 10:10 06.02.2025
  • 19
  • Hukumat qarorlari ijrosi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Mamlakatimizda o‘zbek tilini yanada rivojlantirish va til siyosatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil 20-oktabrdagi PF-6084-son Farmoni hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosiga bosqichma-bosqich to‘liq o‘tishni ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2021-yil 10-fevraldagi 61-son qarori ijrosini ta’minlash yuzasidan bir qator ishlar amalga oshirilmoqda.

Jumladan, bugungi kunda tuman hokimligining barcha ish yuritish hujjatlari davlat tilida, lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosida yuritilmoqda. Qurilish  kotibiyat  mutaxassislarining ish yuritish hujjatlari, nomenklatura-yig‘ma jildlari hamda hujjatlarni ro‘yxatga olish daftarlari llotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosida yuritilmoqda, mutaxassislar yo‘l qo‘ygan xato kamchiliklar o‘z o‘rnida bartaraf etish choralari ko‘rildi.