Sayt test rejimida ishlamoqda!
Qonun talablari ijrosi o'rganilmoqda
  • Yangiliklar
  • 17:00 13.03.2025
  • 12
  • Hukumat qarorlari ijrosi

Kosonsoy  tumani hokimligining ishchi guruhi O‘zbekiston Respublikasining “Davlat tili haqida”gi va “Reklama to‘g‘risida”gi qonunlarining ijrosi, shuningdek, tashqi yozuvlari (reklama, peshlavha, e’lon va axborot matnlari) ning davlat tili to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlari talablariga muvofiqligi yuzasidan tuman markazi hududi o‘rganildi.

O‘rganish jarayonida O‘zbekiston Respublikasi “Davlat tili to‘g‘risida”gi va “Reklama to‘g‘risida”gi qonunlariga zid bo‘lgan noqonuniy reklamalar nazorat qilindi. 

Shuningdek “Davlat tili to‘g‘risida”gi qonunga zid bo‘lgan kirill alifbosidagi yozilgan e’lonlar va bannerlar olib tashlandi.  

Tadbirkorlik subyektlariga  Davlat tili me’yorlariga amal qilish bo‘yicha zarur tavsiyalar berildi.