10:30 12.04.2025Maqsad, ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tili to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini ta’minlash.
Vаzirlаr Mahkamasi Rayosati majlisining 2025-yil 24-yanvardagi 20-son bayoni 7-ilovasi 20-bandida Sog‘liqni saqlash vazirligi va uning tizim tashkilotlarida davlat tili to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlari ijrosi holatini o‘rganish belgilangan.
Maskur band ijrosini ta’minlash maqsadida 11-aprel kuni Kosonsoy tuman Tibbiyot birlashmasining Tug‘ruq kompleksi va shoshilinch tez tibbiy yordam bo‘limlarida o‘rganish ishlari olib borildi.
O‘rganish davomida tashkilotda o‘zbek tilini davlat tili sifatida nufuzi va mavqeyini yuksaltirish, davlat tilida ish yuritish hujjatlarini holati, ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganilib, kerakli tavsiya va takliflar berildi. Kiril yozuvidagi tashqi yozuvlar oldirilib, kamchiliklar o‘z o‘rnida bartaraf etildi.
O‘rganish davomida shoshilinch tez tibbiy yordam bo‘limda davlat tilida ish yuritilishiga mas’ul katta hamshirasi Parpiyeva Nigora bilan suhbatlashilganda, bo‘limda 2025 yil yanvar oyidan yuritilayotgan hujjatlar va fuqarolarni ro‘yhatga olish to‘liq lotin alifbosida yuritilayotganligini ma’lum qildi.