- Asosiy
- Axborot xizmati
- Yangiliklar
- TADBIRKORLIKKA YARATILAYOTGAN YANGI IMKONIYATLAR
TADBIRKORLIKKA YARATILAYOTGAN YANGI IMKONIYATLAR
- Yangiliklar
09:05 04.12.2025
16
- Iqtisod va moliya
Respublikamizda tadbirkorlikni yanada qo‘llab-quvvatlash, biznesni boshlashda davlat xizmatlarini kompleks holda ko‘rsatishni yo‘lga qo‘yish, litsenziyalash va ruxsat berish tartiblarini yanada qisqartirish maqsadida muhim qaror va Farmonlar qabul qilib borilmoqda.
Tadbirkorlarning ma’muriy xarajatlarini yanada qisqartirish maqsadida Muhtaram Prezidentimizning 2025 yil 14 noyabrdagi “Biznes yuritishni hamda litsenziyalash va ruxsat berish tartib-taomillarini soddalashtirishga doir navbatdagi chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 214-sonli Farmoni qabul qilindi.
Mazkur Farmon asosida biznesni kompleks tarzda ro‘yxatdan o‘tkazish tizimi yanada soddalashtirildi.
Xususan:
- 2026 yil 1 yanvardan boshlab “Biznesni 15 daqiqada boshlash” tamoyili asosida tadbirkorlik subyektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazishda bir vaqtning o‘zida quyidagi xizmatlarni ko‘rsatish tartibi joriy etildi:
- elektron raqamli imzo kalitini berish;
- bank hisobvaraqlarini ochishga ariza topshirish hamda ularni faollashtirish;
- ayrim faoliyat turlari bo‘yicha litsenziya, ruxsatnoma olishga ariza yoki xabarnoma yuborish;
- ko‘chmas mulk ijara shartnomasini rasmiylashtirish;
- qo‘shilgan qiymat solig‘i to‘lovchisi guvohnomasini olish;
- onlayn nazorat-kassa mashinalarini onlayn ravishda xarid qilish va ularni soliq organlarida ro‘yxatdan o‘tkazish;
- yuridik shaxs rahbarini tayinlash va uni “Yagona milliy mehnat tizimi” idoralararo dasturiy-apparat kompleksida hisobga qo‘yish.
- “Biznesni 15 daqiqada boshlash” tamoyili doirasida quyidagilar belgilandi:
- tadbirkorlik subyekti har bir xizmatdan o‘z tanlovi asosida ixtiyoriy ravishda foydalanish;
- tanlangan xizmatlar bo‘yicha yagona QR kod orqali to‘lovni amalga oshirish.
- 2026 yil 1 yanvardan boshlab quyidagi imkoniyatlar yaratildi:
- yakka tartibdagi tadbirkorlarga firma nomiga ega bo‘lishga ruxsat beriladi;
- tadbirkorlik subyektlarining birlamchi ma’lumotlari o‘zgarganda ushbu ma’lumotlar bo‘yicha o‘zgartirishlar yakka tartibdagi tadbirkor guvohnomasiga, litsenziya, ruxsatnoma va xabarnomalarga avtomatik tarzda idoralararo elektron hamkorlik yo‘li bilan bepul kiritiladi.
- Litsenziyalash va ruxsat berish tartib-taomillari soddalashtirildi.
2026 yil 1 martdan boshlab:
- litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari sohasidagi huquqbuzarliklarni sodir etganlik uchun yuridik shaxslarga jarima qo‘llanilganda, ularning mansabdor shaxslarini ma’muriy javobgarlikka tortish tartibi bekor qilindi;
- dastlabki baholash doirasida talabgor litsenziya yoki ruxsatnoma olish uchun xarid qilishi rejalashtirgan bino-inshootlar, moddiy-texnika bazasi, asbob-uskunalar, yollash ko‘zda tutilgan xodimlar to‘g‘risidagi hamda boshqa ma’lumotlar litsenziya va ruxsat berish talab hamda shartlariga muvofiqligi o‘rganiladi va tegishli xulosa beriladi;
- dastlabki baholash xizmati 20 kundan oshmagan muddatda ko‘rsatiladi.
Kosonsoy tuman Adliya bo‘limi Davlat xizmatlari markazi bosh mutaxassisi A. Xasanov
Kosonsoy tuman Adliya bo‘limi Davlat xizmatlari markazi bosh mutaxassisi D. Kirgizova