Sayt test rejimida ishlamoqda!
Nikoh shartnomasi
  • Yangiliklar
  • 09:10 10.12.2025
  • 15
  • Halqaro hamkorlik

Nikoh shartnomasi bu – er va xotinning nikohda boʻlgan davrida va (yoki) er va xotin nikohdan ajratilgan taqdirda ularning mulkiy huquq hamda majburiyatlarini belgilovchi kelishuvdir.

Nikoh shartnomasi bu – er va xotinning nikohda boʻlgan davrida va (yoki) er va xotin nikohdan ajratilgan taqdirda ularning mulkiy huquq hamda majburiyatlarini belgilovchi kelishuvdir.

 

Nikoh shartnomasi – fuqarolik-huquqiy tusdagi shartnoma boʻlib, taraflarning erk-irodasiga asoslanadigan kelishuv hisoblanadi va unga nisbatan ham shartnoma tuzish erkinligi tamoyili qoʻllaniladi. Er va xotindan biri boshqasini nikoh shartnomasi tuzishga majburlashiga yoʻl qoʻyilmaydi. Shu sababli nikoh shartnomasini tuzish yoki uni tuzishni rad etish masalasini er yoki xotin va nikohlanuvchi shaxslar ixtiyoriy va mustaqil hal qiladilar, bu ularning majburiyati emas, huquqidir. Ayni paytda, nikoh shartnomasini tuzish erkinligi tamoyili amal qiladi, yaʼni nikoh shartnomasida er-xotinning umumiy xohishi, yaʼni ularning yagona erki ifodalanishi lozim.

 

Namangan viloyati Adliya boshqarmasi

Kosonsoy tuman Adliya bo'limi

Yuridik xizmat ko'rsatish markazi

bosh yuriskonsulti J.R.Xalilov