Sayt test rejimida ishlamoqda!
Namanganda goʻzallik va nafosat bayrami ayollarga quvonch ulashdi
  • Rasmiy ma'ruzalar
  • 11:00 25.09.2024
  • 69
  • Oila va xotin-qizlar

Namangan shahridagi “Shodiyona” tantanalar majmuasida 8-mart Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan bayram tadbiri boʻlib oʻtdi.

Namangan shahridagi “Shodiyona” tantanalar majmuasida 8-mart Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan bayram tadbiri boʻlib oʻtdi.
Tantanali kechada shahar hokimi Anvarjon Otaxodjayev, sektor rahbarlari hamda faol xotin-qizlar ishtirok etdilar.
Taʼkidlash joiz, ayolni eʼzozlash, ehtirom koʻrsatish xalqimizga xos olijanob qadriyat hisoblanadi. Nafosat timsoli boʻlmish aziz ayollarning sogʻlom zurriyot, barkamol avlodni tarbiyalab, voyaga yetkizishdagi oʻrni va xizmatini hech narsa bilan qiyoslab, baholab boʻlmaydi. Shu bois ham ayollarimizga, mamlakatimiz xotin-qizlariga yuksak hurmat, doimiy eʼtibor va gʻamxoʻrlik koʻrsatib kelinayotgani davlat siyosati darajasiga koʻtarilgan.
Bayram tadbirida shahar hokimi soʻz olib, ayollarni ushbu qutlugʻ ayyom bilan qutladi. Xotin-qizlar bandligini taʼminlash, tadbirkorligini rivojlantirish hamda ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish boʻyicha shahrimizda amalga oshirilayotgan ishlar haqida qisqacha toʻxtalib oʻtdi va bu yutuqlarga erishishda fidoyilik koʻrsatgan ayollarni eʼtirof etdi.
Bayram tabrigi kuy-qoʻshiqlarga ulanib, lobar va goʻzal ayollarga oʻzgacha shodlik ulashdi.