Sayt test rejimida ishlamoqda!
Xalq deputatlari Kosonsoy tumani Kengashining 4-sessiyasi boʻlib oʻtdi
  • Kengash sessiyalari
  • 22:35 21.01.2025
  • 19
  • Iqtisod va moliya

Bugun, Xalq deputatlari Kosonsoy tumani Kengashining navbatdagi toʻrtinchi sessiyasi boʻlib oʻtdi. Tuman Kengashi raisi olib borgan sessiya ishida deputatlar, sektor rahbarlari, hokim oʻrinbosarlari, tegishli tashkilotlar rahbarlari ishtirok etdilar.

Kun tartibida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Kosonsoy tuman Xalq qabulxonasi mudiri T.Muydinovaning 2024-yil 12 oy davomida aholi murojaatlari va muammolari bilan ishlash ahvoli yuzasidan kiritilgan axboroti, Kosonsoy tumani maʼmuriy-hududiy chegarasini belgilash boʻyicha amalga oshirilgan ishlarining yakuniy natijalarini tasdiqlash, “Hududlarni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish boʻyicha sektorlar faoliyatini yanada takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-4102-sonli qarori ijrosini taʼminlash, 2024-yilning IV-choragi davomida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan tuman sektor rahbarining hisoboti hamda 2025-yil I-choragi uchun tuzgan “Yoʻl xarita”sini tasdiqlash, Kosonsoy tuman Ichki ishlar boʻlimi jamoat xavfsizligi xizmati tomonidan jinoyatchilikka qarshi kurash, jamoat tartibi va fuqarolar xavfsizligini taʼminlash borasida 2024-yil davomida amalga oshirilgan ishlari yuzasidan tuman IIB boshligʻi R.Karimovning hisoboti, Kosonsoy tuman Adliya boʻlimi boshligʻining 2024-yil davomida tuman xalq deputatlari Kengashiga tumandagi davlat organlari va tashkilotlarining norma ijodkorligi hamda huquqni qoʻllash amaliyoti ahvoli boʻyicha axboroti, Majburiy ijro byurosi Kosonsoy tuman boʻlimi boshligʻining 2024-yil davomida amalga oshirilgan ishlar borasida olib borgan ishlari yuzasidan hisoboti, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2024-yil 29-noyabrdagi “Kambagʻallikni qisqartirish boʻyicha belgilangan ustuvor vazifalarning bajarilishini nazorat qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi KQ-6-V-son Qarori ijrosi, Yoshlarga oid Davlat siyosatining ijrosi yuzasidan Yoshlar ishlari agentligi Kosonsoy tuman boʻlimi tomonidan 2024-yilning 12 oyi davomida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan hisoboti, Kosonsoy tumanida yangi ish oʻrinlarini yaratish va aholi bandligini taʼminlash borasidagi vazifalar ijrosi boʻyicha 2024-yil mobaynida tuman Kambagʻallikni qisqartirish va bandlikka koʻmaklashish boʻlimi boshligʻining hisoboti, Xalq deputatlari Kosonsoy tuman Kengashi va doimiy komissiyalarining 2025-yil uchun tuzilgan ish rejalarini tasdiqlash toʻgʻrisidagi  masalalar koʻrib chiqildi.

Muhokama va munozaralarga boy oʻtgan sessiya yakunida Xalq deputatlari Kosonsoy tumani Kengashining tegishli qarorlari qabul qilindi.