12:53 03.02.2025Sheraliyev Alisher Muhidinovich Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi Namangan viloyati boshqarmasi boshligʻining oʻrinbosari - Ijtimoiy xizmatlar koʻrsatishni monitoring qilish shoʻbasi mudiri etib tayinlandi
▫️Alisher Sheraliyev 1990-yilda Kosonsoy tumanida tugʻilgan. 2012-yilda Namangan davlat universitetini, 2020-yilda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi Akademiyasi (magistratura) bosqichini tamomlagan.
▫️Mehnat faoliyatini Kosonsoy tibbiyot kolleji oʻqituvchisi, “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati boshlangʻich tashkiloti yetakchiligidan boshlagan.
▫️2014-2016-yillarda Kosonsoy tumani hokimligining yetakchi mutaxassisi, nazorat-monitoring shoʻbasi rahbari, 2016-2020-yillarda Kosonsoy tumani hokimligining tashkiliy-nazorat guruhi rahbari lavozimlarida faoliyat yuritgan.
▫️Tayinlovga qadar 2020-yildan hozirgi vaqtgacha Kosonsoy tumani hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha oʻrinbosari lavozimida ishlab kelayotgan edi.
Kosonsoy tuman hokimligi
Axborot xizmati