Sayt test rejimida ishlamoqda!
Mahallalar bilan yangicha ishlash mexanizmlari joriy etiladi
  • Yangiliklar
  • 11:55 23.01.2025
  • 30
  • Hukumat qarorlari ijrosi

2025-yildan masʼul idora va muassasalar uchun har bir mahallada huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish ustuvor vazifa qilib belgilandi. Bu haqda “2025-yilda respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish tizimi samaradorligini yanada oshirish boʻyicha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qarorda (PQ-1-son) eʼlon qilindi.

Mahallalarda huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish uchun maxsus yoʻl xaritalari va dasturlar ishlab chiqilgan.

Qarorga koʻra, Bosh prokuratura huzurida maxsus ishchi guruh tashkil etiladi, bu guruh huquqbuzarliklarning oldini olish boʻyicha tadbirlarni nazorat qiladi. 

Shuningdek, har bir tuman va mahalla rahbarlariga, ichki ishlar organlari va Milliy gvardiya boshliqlariga oʻz vazifalari boʻyicha mahalliy xavfli joylarni nazorat qilish vazifasi yuklatiladi.

Masʼullarning faoliyati har oy, har chorak va har yarim yilda toʻplanib, tanqidiy muhokamalarda koʻrib chiqiladi. Har bir mahalla boʻyicha natijalar Prezidentga ham aytib boriladi.