11:05 22.01.2025Bugun Kosonsoy tumanida "Besh tashabbus olimpiadasi" doirasida mahalla yoshlari o'rtasida o'tkaziladigan "O'zbekiston mahallalari uyushmasi kubogi" uchun gandbol musobaqasining sektorlararo tuman bosqichi boʻlib oʻtdi.
Musobaqada 17-30 yosh toifasidagi o’g’il bolalar jamoaviy tarzda ishtirok etishdi.
Gʻoliblik uchun kurashgan jamoalar tomonidan qizgʻin ruhdagi oʻyin kuzatildi. Musobaqa yakunida esa, gʻolib jamoa keyingi viloyat bosqichga yoʻllanmani qoʻlga kiritdi.